<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Qargʻamang</title>
<lyrics>[V1]
 Qargʻish xor qiladi insonni faqat
 Qargʻishni odatga aylamang bajo
 // Qargʻamang onalar omonlarimni
 Qargʻamang otalar yomonlarimni //

[V2]
 Farzanddan dilingiz chekkanda ozor
 Yaratgandan soʻrang kelsin deb najot
 Qaygʻuga, gʻamlarga botganda dillar
 // Qargʻamang onalar ozorlarimni
 Qargʻamang otalar bezorlarimni //

[V3]
 Mayli bilmasa ham bir kuni bilar
 Farzandlar otalar kimligini ham
 Onalar oq sutin oqlamasa ham
 Hayot degan yoʻllar ochgay koʻzini
 // Qargʻamang onalar beorlarimni
 Qargʻamang otalar bemorlarimni //

[V4]
 Farzandlar chirogʻi sizdan nur olar
 Kimning nuri ziyoda sira qoqilmas
 Agar farzandingiz tosh otgan boʻlsa
 Hayhot siz otmangiz toshni qasdma-qasd
 Qargʻamang onalar bedorlarimni
 Qargʻamang otalar xor-zorlarimni
 Koʻp boʻlsa farzandlar dardi ham koʻpdir
 Har dardga chalingan hajri ham koʻpdir
 Olamda bor ekan borligʻi xoʻpdir
 Bilmasa u sizni jarligi koʻpdir
 // Qargʻamang onalar hech bir insonni
 Qargʻamang otalar hatto dushmanni //

[V5]
 Bir kuni ketamiz kelmas maskanga
 Ilohiy surʼatda yaralgan kuchmiz
 Abadiyat yoʻliga tashlaylik qadam
 Duolar qilaylik ojiz kimsaga
 Qargʻamang onalar bogʻbonlarimni
 Qargʻamang otalar avlodlarimni
 Yaxshilar yaxshilik qilaylik hamon
 Hayhot yomonlar ham boʻlsinlar omon
 Boʻlsinlar omon!</lyrics>
<aka>Qargʻish xor qiladi insonni, Milliy</aka>
</song>